Rasman: Demokratlar AQSh prezidentligi uchun saylovda Bayden nomzodini ilgari surishdi
Demokratlar partiyasining Viskonsin shtatida bo‘lib o‘tgan umummilliy s’yezdida ko‘pchilik sobiq vitse-prezident Jo Baydenning AQSh prezidentligi uchun kurashishini yoqlab ovoz berdi.
Bayden praymerizga ko‘ra, partiya delegatlarining eng ko‘p ovozini to‘pladi, s’yezdda ovoz berish virtual tarzda amalga oshirildi. Ovoz berish yakuniy natijalari hali e’lon qilingan emas.
Koronavirus sababli s’yezdda ovoz berish virtual bajarildi. Baydenning partiya ichki kurashida asosiy raqibi vermontlik senator Berni Sanders edi, biroq u aprel oyida kurashdan chiqib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter