Raqamli texnologiyalar vazirligi xorijiy tillar telekanalini kontent bilan ta’minlaydi
Olis va chekka hududdagi yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish uchun alohida telekanal tashkil qilingan. Yig‘ilishda ma’lumot berilishicha, Raqamli texnologiyalar vazirligiga ushbu telekanalda ITga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va kamida 30 foiz qiziqarli kontentlarni joylashtirishni ta’minlash topshirildi.
Har bir oliygohning bitiruvchilari o‘z yo‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o‘rganishi kerak.
Misol uchun, qurilish loyihalari uchun chizmalar chizish, smetalar tuzish, infratuzilmani yaratish ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida 1-2 oyda yakuniga yetkazish mumkin. Xorijda yoshlar bunday dasturlarni oliygohda o‘rganib chiqishi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim va Raqamli texnologiyalar vazirliklariga:
- qurilish, geologiya, mashinasozlik, transport kabi yo‘nalishlarda muhandis-texnologlarni tayyorlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlarni o‘rganib, yangi o‘quv yilidan oliygohlarda joriy qilish;
- IT park va uning filiallarini bunday oliygohlarga bog‘lab, o‘qituvchi va talabalarni yangi dasturlarda ishlashga o‘rgatish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter