Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirovga xizmat ko‘rsatgan huquq himoyachisi unvoni berildi

Ramzan Qodirovga xizmat ko‘rsatgan huquq himoyachisi unvoni berildi

Foto: Sputnik.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning ota-onasi Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan huquq himoyachilari unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda  «Grozniy» teleradiokompaniyasi saytida xabar berilgan.

Xabarda qayd etilishicha, qarorni Chechenistondagi inson huquqlari bo‘yicha ombudsman Nurdi Nuxajiyev imzolagan.

Qodirov «chechen xalqining tabiiy va ajralmas huquqlarini himoya qilishga qo‘shgan tarixiy hissasi uchun» taqdirlangan.

Mintaqa rahbarining otasi, Chechenistonning birinchi prezidenti Axmat Qodirov  «chechen xalqi huquqlarini himoya qilishdagi misli ko‘rilmagan jasorat va matonati, milliy an’analar, islom qadriyatlari uchun fidoyiligi, jasorati uchun» mukofotlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirovning qizi ham huquq sohasidagi mukofot bilan taqdirlangan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring