Ramzan Qodirov Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro Nobel axborot markazi prezidenti Vyacheslav Tyutyunnik ma’lum qildi.
Checheniston rahbari mukofotga «so‘nggi 15 yil ichida tarixiy jihatdan qiyin bo‘lgan Checheniston mintaqasida ishonchli tinchlikni o‘rnatish va saqlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» nomzod sifatida ko‘rsatildi.
Tyutyunnik, shuningdek, Nobel qo‘mitasiga ariza Norvegiya vakillari tomonidan yuborilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Qodirov Nobel mukofotiga 2016-yilda ham nomzod bo‘lgan.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti — bu Osloda Nobel qo‘mitasi tomonidan har yili tinchlik uchun ulkan hissa qo‘shgan shaxslar va tashkilotlarga beriladigan mukofotdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter