Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon hayiti sanasi nega e’lon qilinmayotgani sababi aytildi

Ramazon hayiti sanasi nega e’lon qilinmayotgani sababi aytildi

O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov Ramazon hayiti bayrami nega erta e’lon qilinmayotgani sababini aytdi. Bu haqda Fatvo hay’ati xabar qildi.

«Fatvo hay’atimiz hozirda astronom olimlar bilan birgalikda Ramazon hayiti kunining aniq sanasini hisoblash bilan mashg‘ul bo‘lyapti. 30 aprel buning xulosasini beramiz. Shunga qarab Hayit sanasini e’lon qilamiz. Shunda har yilgidek prezidentning bayram bo‘yicha qarori qabul qilinadi», — deydi muftiy Nuriddin Xoliqnazarov.

Eslatib o‘tamiz, Musulmonlar idorasida Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish, islom dini tartib-qoidalari asosida hilolni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring