Rahbar-xodimlar stressni qanday yengishi mumkin? (foto)
Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatidagi «Navbahor» sihatgohida 1-6 mart kunlari «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK barcha tarkibiy bo‘linmalari rahbar-xodimlari uchun raqamli iqtisodiyot, zamonaviy menejment yo‘nalishda o‘quv kursi tashkil qildi.
Kuni kecha, 5 mart kuni bir haftalik o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga yetib, IT-Park shou-rumida sertifikat topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.
Tadbir avvalida «RRTM» DUKning o‘tgan yilgi faoliyati va kelgusi vazifalari yuzasidan fikr almashinildi. AKT vaziri Shuhrat Sodiqov o‘zini-o‘zi moliyalashtirish korxona ravnaqida muhim o‘rin tutishi haqida so‘z yuritib, sifatli xizmat ko‘rsatish eng asosiy talab ekanligi, bu borada rahbar-xodimlar tashabbuskor bo‘lishlarini alohida ta’kidladi.
Shu maqsadda ham korxonaning rahbar-xodimlari haftalik o‘quv davomida raqamli iqtisodiyot – rivojlanish trendlari va xususiyatlari, stressni boshqarish, rahbarda kasbiy stress profilaktikasi va uni yengish usullari, rahbar-kadrlar kreativ fikrlash ko‘nikmalarini oshirishning innovatsion usullari, rahbar faoliyatida uchraydigan xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, self-menejment: shaxsiy samaradorlikni oshirish, maqsadga erishishda ichki resurslardan foydalanish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish xaritalarni tuzish singari trening mashg‘ulotlarida qatnashishdi. Kurs tinglovchilarning o‘zlari e’tirof etganidek, bu amaliy mashg‘ulotlar stress holatlarini yengish, jarayonni boshqarishda aqsotadi.
«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK rahbar-xodimlari Toshkent shahridagi INHA universitetining IT-inkubatsiya markazi hamda IT-Park faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tadbir yakunida ularga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter