Yosh mutaxassislar zamonaviy menejmentdan saboq oladi (foto)
«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK katta ishga qo‘l o‘rdi. Respublikadagi barcha tarkibiy bo‘linmalari rahbar va yosh mutaxassislarini raqamli iqtisodiyot, zamonaviy menejment yo‘nalishda o‘qitishga kirishdi. Buning uchun poytaxt viloyatidagi «Navbahor» sihatgohi tanlandi.
Bugun, 1 mart kuni bir haftalik o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamol Maqsudov va «RRTM» DUK Bosh direktori Murod Sobirovlar qatnashdi.
Mashg‘ulotlar davomida kurs ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonuni, «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasining mazmun-mohiyati, «Mehnat sohasida ijtimoiy hamkorlik asoslari. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari» hamda «O‘zbekistonda axborot jamiyatning shakllanishi: siyosiy-huquqiy asoslari. Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish» mavzularida ma’urzalar tinglashadi. Shu bilan birga, ular maxsus ishlab chiqilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashishadi.
Mashg‘ulotlar doirasida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK rahbar-xodimlari uchun Toshkent shahridagi INHA universitetining IT-inkubatsiya markazi hamda IT-Parkka ekskursiya tashkil qilish rejalashtirilgan. Kurs yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter