«Rahbar xalqqa yuk bo‘lmasligi kerak» — Prezident
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida nutq so‘zladi. Davlat rahbari boshqaruv sohasiga qo‘yiladigan talablar haqida gapirib o‘tdi.
— Bundan buyon har bir hudud, soha va tarmoq faoliyatiga ularda fuqarolarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlari qanday ta’minlanayotganiga qarab baho beriladi.
Shu munosabat bilan «Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak», degan da’vatga qo‘shimcha qilib aytmoqchiman: «Rahbarlar faqat davlatga emas, avvalo, inson va oilaga, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi kerak».
Shuning uchun har bir mutasaddi mahalla va tuman hayotini ipidan ignasigacha bilishi shart!
Ulug‘ ajdodlarimiz aytganidek, rahbar xalqqa yuk bo‘lmasligi, aksincha, xalqning yukini yelkasiga olishi kerak.
Agar qaysiki rahbar, davrning bu o‘tkir talabini tushunmasa, ularni endi xalqimiz ham, hayotning o‘zi ham qabul qilmaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter