Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Radar va kameralar o‘rnatish joylari sotila boshlandi

Radar va kameralar o‘rnatish joylari sotila boshlandi

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21-apreldagi 232-son qarori asosida radar va kameralar o‘rnatish joylari «E-auksion» savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangan edi.

Ushbu qarorga asosan onlayn-auksionlar Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Reglament asosida tashkil etiladi.

Ob’yekt onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.

Hozirda:

  • Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intelektual videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.
  • Xorazm viloyati, Xiva shahrida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intelektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.
  • Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 1 ta intelektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.

Yaqin fursatlarda boshqa hududlardan ham bu singari huquqlarning savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring