Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyoshda qoldirilgan avtomobil yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin

Quyoshda qoldirilgan avtomobil yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin

Foto: IIV YHXBB

Quyoshda qoldirilgan avtomobildagi issiq havo harorati 55-60 darajagacha ko‘tarilib, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati avtomobil egalarini ogohlantiradi.

Quyoshning ta’siri natijasida avtomobil ichidagi va tashqaridagi havo haroratini solishtiramiz:

  • vaqt   –   tashqarida  –  ichkarida
  • 0 min.      +27 daraja      + 27 daraja
  • 10 min.    +27 daraja      + 37 daraja
  • 20 min.    +27 daraja      + 43 daraja
  • 30 min.    +27 daraja      + 46 daraja
  • 40 min.    +27 daraja      + 48 daraja
  • 50 min.    +27 daraja      + 49 daraja
  • 60 min.    +27 daraja      + 51 daraja     

Quyosh nurlaridan hosil bo‘lgan issiqlik avtomobil ichida juda tez to‘planadi.

«Ayni kunlarda havo haroratining ko‘tarilishi, yoz faslining yaqinlashayotgani munosabati bilan transport vositalarini soya va salqin joylarda qoldirishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi IIV YHXBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring