Quyoshda juda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Bugun, 25-may kuni Quyoshda X sinfidagi juda kuchli chaqnash va M sinfidagi kuchli chaqnash qayd etildi, deb xabar beradi Rossiyaning Fedorov amaliy geofizika instituti.
“25-may kuni Moskva vaqti bilan 04:52 da quyosh dog‘lari 4098 (S05W22) guruhidagi rentgen diapazonida 17 daqiqa davom etgan X1.1 chaqnashi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Moskva vaqti bilan 09:35 da 11 daqiqa davom etgan M sinfidagi chaqnash qayd etildi.
Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining intensivligiga qarab besh toifaga bo‘linadi: A, B, C, M va X. X sinfidagi chaqnashlar nihoyatda kuchli hisoblanadi va kuchli geomagnit bo‘ronlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter