Quvada aliment o‘rniga uy berish urfga kirmoqda
Majburiy ijro byurosining Quva tumani bo‘limi ish yurituvida FIB Farg‘ona tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor Z.Ro‘zmatovdan undiruvchi M.Botirova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorda aliment undirish belgilangan.
Kecha, 14 yanvar kuni qarzdor va undiruvchining o‘zaro kelishuviga asosan Z.Ro‘zmatov voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun uni 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan 86.800.000 so‘m aliment mablag‘lari o‘rniga o‘z nomida bo‘lgan xonadonni sobiq turmush o‘rtog‘i M.Botirova nomiga notarius orqali rasmiylashtirib topshirdi.
Yana bir misol, Byuroning Quva tumani bo‘limi ish yurituvida FIB Farg‘ona tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor O.Ashurovdan undiruvchi D.Ashurova foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish belgilangan. 13 yanvarda o‘zaro kelishuvga asosan O.Ashurov voyaga yetmagan 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ularni 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan 88.000.000 so‘m aliment mablag‘lari o‘rniga o‘z nomidagi xonadonni notarius orqali rasmiylashtirib berdi.
Shu bir xafta ichida Quva tumanida 3 ta holatda qarzdorlar undiruvchilar foydasiga aliment o‘rniga uy-joy taqdim etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter