Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish vazirligi deputatga javob bermayapti — bosh reja qani?

Qurilish vazirligi deputatga javob bermayapti — bosh reja qani?

Foto: Rasul Kusherbayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev bir necha deputatlik so‘rovlariga Qurilish vazirligi javob bermayotganini aytmoqda.

Deputatning ma’lum qilishicha, Prezidentning qaroriga asosan 2022-yilda birgina Toshkent viloyatining o‘zida «Eski Qovunchi», «Chorvador», «Yangi Chinoz», «Qorasuv» shahar posyolkalarining bosh reja loyihalarini ishlab chiqish belgilangan.

«Asosiy ijrochi hisoblangan Qurilish vazirligi bu qaror bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqidagi ikki bor so‘rov xatimizga javob bermadi. Ular ishlarni yashiryapti. Balki umuman ish qilinmagan bo‘lishi ham mumkin. Bugun uchinchi bor yana murojaat kiritdik», — dedi Rasul Kusherbayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aholi punktlari, shu jumladan shaharlarni tartibga solishda bosh reja muhim rol o‘ynaydi.

«Qurilish vazirligining bu boradagi sustkashligi Toshkent shahridagi tartibsiz qurilishlar uchun ham asosiy sabab, deb hisoblaymiz. Shu bois, ushbu masalada qurilish vazirini parlament «hukumat soati»ga savol-javobga chaqirish kerak nazarimizda», — dedi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring