Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatiga turkiyalik investorlar jalb qilinadi

Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatiga turkiyalik investorlar jalb qilinadi

Joriy yilning 19 oktyabr kuni «O‘zsanoatqurilishbank»ATB Boshqaruv Raisi – Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Kengash raisi Saxi Annaklichev hamda Turkiya Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uyushmasining Boshqaruv Kengashi raisi Tayfun Guchuk o‘g‘li o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2021 yil 9 iyundagi «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida mahalliy sanoat tarmoqlari, jumladan, qurilish materiallari industriyasini rivojlantirishda xorijiy ekspertlarni jalb qilish vazifasi alohida belgilab berilgan.

Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Kengash tomonidan farmon talablaridan kelib chiqib qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Turkiya oliy o‘quv yurtlari, injiniring va ishlab chiqarish kompaniyalari bilan faol hamkorlikka yo‘lga qo‘yilgan, «Tadbirkorlar maktabi» o‘quv markazida hamkorlikda o‘quvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Turkiya Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuv bu boradagi ishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqishda Turkiya tajribasini qo‘llash masalalari muhokama etildi.

Hududlarda tashkil etilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish va uy-joy qurilish klasterlariga turkiyalik investorlarni jalb qilishni kengaytirish bo‘yicha doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

Ma’lumot o‘rnida. Turkiya Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi 1984 yilda tashkil etilgan. Hozirda Bryussel va Kamerunda vakolatxonasiga ega bo‘lib, ular orqali Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni boshqarib keladi.

Turkiya qurilish materiallari eksportining 75 foizi ushbu uyushma a’zolari hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring