Qrim ko‘prigidagi portlashda halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berildi
Rossiya Tergov qo‘mitasi Qrim ko‘prigidagi portlashda halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
Tergov qo‘mitasi ular portlagan yuk mashinasi yonida bo‘lgan avtomobilda bo‘lganliklarini taxmin qilishmoqda.Hozirda ikki qurbon – bir erkak va bir ayolning jasadi suvdan olib chiqilgan. Ularning shaxsi aniqlanmoqda.
Tergov doirasida ko‘prikda portlab ketgan yuk mashinasi va uning egasi haqidagi ma’lumotlarni ham aniqlagan. U Krasnodar o‘lkasida yashovchi kishi bo‘lib, hozirda uning yashash joyida tergov harakatlari boshlangan.
«Shuningdek, yuk avtomobilining harakatlanish yo‘nalishi va tegishli hujjatlar o‘rganilmoqda.
Jinoyat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda», – deyiladi RF Tergov qo‘mitasi ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, bugun tongda, Rossiyani Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida yong‘in yuz bergani aytilgan, keyinroq esa yong‘inga yuk mashinasining portlashi sabab bo‘lgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter