Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozondagi bosh konsullik Kirov oblasti bilan hamkorlikni kuchaytirish tashabbusiga qo‘l urdi

Qozondagi bosh konsullik Kirov oblasti bilan hamkorlikni kuchaytirish tashabbusiga qo‘l urdi

Dushanba, 28 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Kirov oblastida bo‘ldi. Bu haqda Kp.ru xabar berib o‘tdi.

Fariddin Nasriyev Kirov oblasti boshqaruvi raisi Aleksandr Churin bilan uchrashdi va tomonlar hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokara olib bordi. Shu bilan birgalikda madaniy va ta’lim sohasida birga ish olib borishga kelishib olindi.

— Kirov oblasti avvaldan O‘zbekiston Respublikasi bilan savdo, mashinasozlik va yengil sanoat borasida aloqalarni amalga oshirib kelgan, — dedi Aleksandr Churin. — Shu sababli hozirgi asosiy vazifa — hududimiz va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirishdan iborat. Shu jumladan madaniy va ta’lim sohasida ham.

O‘z navbatida Fariddin Nasriyev ham O‘zbekiston uchun savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish manfaatli ekanini aytib o‘tdi. Investorlarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi ta’kidlandi.

Fariddin Nasriyev shuningdek Kirovda faoliyat olib borayotgan o‘zbek tadbirkorlari va talabalar bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Kirov oblastining eng yirik hamkorlaridan hisoblanadi. Mamlakatimizdan Kirovga asosan tekstil mahsulotlari eksport qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring