Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozon shahrida 17 yashar qiz voyenkomatni yoqib yuborishga urindi

Qozon shahrida 17 yashar qiz voyenkomatni yoqib yuborishga urindi

Kecha 3-sentyabr kuni Tatariston poytaxti Qozon shahrida 11 sinf o‘quvchisi  Qozon Sovet tumani harbiy komissarligi binosiga maxsus tayyorlangan idishni tashlab o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu haqda Moskovskiy komsomolets gazetasi xabar berdi.

Bitiruvchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz politsiya tomonidan tutib ketilgan. Politsiya bo‘limidagi so‘roq paytida u harbiy komissariatni urushga va mobilizatsiyaga qarshi bo‘lgani uchun yoqib yubormoqchi bo‘lganini aytgan.

Harbiy safarbarlik e’lon qilinganidan buyon o‘tgan ikki hafta ichida Rossiyaning turli joylarida o‘ndan ortiq voyenkomat va hokimiyat binolariga o‘t qo‘yishga urinish holatlari kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring