Qozog‘istondan o‘qishni ko‘chiraman deb firibgarga duch keldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazilgan.
Unda fuqaro S.X. Qozog‘iston Respublikasi xalqlar do‘stligi universitetining 1-kurs talabasi Sh.ning o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi universitetlardan biriga ko‘chirib berish evaziga 15,6 mln so‘m va 300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter