Qoraqalpog‘istondagi fojiadan omon qolganlarning holati haqida rasmiy ma’lumot berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir oilaning besh nafar a’zosi is gazidan vafot etgani, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorlarning holati haqida ma’lumot berdi.
«Vazirlik tomonidan shu kuni kasalxonaga yotqizilgan fuqarolarning sog‘lig‘i monitoring qilinib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Bugun ushbu bemorlarning sog‘lig‘i yaxshi ekanini inobatga olib, ular shifoxonaning «Terapiya» bo‘limiga o‘tkazilgani va shifokorlar nazoratida ekanligini ma’lum qilamiz», deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter