Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning yana bir haykali ochildi

Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning yana bir haykali ochildi

Foto: Qozog‘iston prezidenti rasmiy veb-sayti

Qozog‘iston poytaxti Nursultondagi bog‘lardan birida mamlakatning birinchi prezidenti, millat yetakchisi Nursulton Nazarboyevning haykali ochildi (foto). Marosimda amaldagi prezident Qosim-Jomart Toqayev qatnashdi.

Bu 6-iyul kuni 81 yoshni qarshilaydigan Nazarboyevning ikkinchi haykali. Birinchisi ham Nursultonda, Mudofaa milliy universitetida o‘rnatilgandi.

Ma’lumot o‘rnida: Qozog‘iston poytaxti nomi 2019-yildan birinchi prezident nomi bilan bir xilda jaranglay boshlagandi. Shaharga asos solingan 1830-yilda Akmolinsk, 1961-yildan Selinograd, 1992—1998-yillarda Oqmo‘la deb atalgan. 1997-yilda Nazarboyev tashabbusi bilan poytaxt Olmaotadan Oqmo‘laga ko‘chirilib, yarim yil o‘tib nomi Astanaga o‘zgartirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring