Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boshlandi

Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boshlandi

Foto: Turar Kazangapov/Tengrinews.kz

Bugun, 20 noyabr kuni Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boshlandi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda. 

Eslatib o‘tamiz, mamlakat aholisi olti nomzod orasidan davlat rahbarini tanlashi kerak bo‘ladi:

«Professional ijtimoiy ishchilar milliy alyansi» Respublika jamoat birlashmasidan Karakat Abden;

Muxolifatdagi Milliy sotsial-demokratik partiyadan Nurlan Auyesbayev;

Jiguli Dayraboyev, «Ovul» Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasidan;

Meyram Kajiken «Amanat» kasaba uyushmalari respublika birlashmasidan;

Qosim-Jo‘mart To‘qayev – Ijtimoiy-siyosiy kuchlar koalitsiyasidan;

«Qozoq onalari — dasturga yo‘l» respublika jamoat birlashmasidan Saltanat Tursinbekova.

Shuningdek, saylovchilar hech kimga ovoz bermaslik imkoniga ham ega. Yangi prezident yetti yil muddatga saylanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring