Qozog‘istonda kovrak terayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Qozog‘istonning Turkiston viloyati politsiyasi Qoraqo‘ng‘ir qishlog‘ida kovrak dorivor o‘simligini noqonuniy yig‘ib-terish bilan shug‘ullanayotgan 51 nafar xorijlik fuqaroni qo‘lga oldi, deb yozdi Zakon.kz.
Qo‘lga olinganlarning 31 nafari — o‘zbekistonliklar, 17 nafari — tojikistonliklar, deyiladi Turkiston viloyati politsiya departamenti matbuot xizmati xabarida.
Politsiya xodimlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida ma’muriy bayonnomalar tuzishgan, sud qarori bilan qoidabuzarlar mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter