Qo‘yliqda yo‘lni to‘sgan bozorchilar qamoqqa olindi
Qo‘yliq dehqon bozori va ulgurji savdo bozori buzilishidan norozilik bildirib yo‘lni to‘sib qo‘ygani videosi tarqalgandi.
Norozilk bildirganlardan 5 nafari ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lumot bergan.
Qo‘yliqdagi dehqon va ulgurji bozor yaqinida joylashgan avtomobil yo‘lidagi harakatni odamlar to‘xtatib qo‘ygandi.
Shundan so‘ng, vaziyat ichki ishlar xodimlari aralashuvi bilan bartaraf etilgan va yo‘lni to‘sgan fuqarolardan bir qanchasi qamoqqa olingan.
Ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylatirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter