Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘yliqdagi «ovqat bozori» yopildi

Qo‘yliqdagi «ovqat bozori» yopildi

Qo‘yliqdagi «ovqat bozori» faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, reyd tadbirlari davomida 101 kg banan, 21 kg salatlar, 45 litr ikkilamchi idishlarda saqlanayotgan sut hamda 32 kg miqdordagi pishirilgan taomlar iste’molga yaroqsizligi tufayli savdodan olinib, yo‘q qilish choralari ko‘rilgan.

Bozorda joylashgan ovqat sotish shoxobchasida sanitariya qoidalari qo‘pol ravishda buzilayotgani, bir necha marotaba ogohlantirishlar va targ‘ibot ishlari o‘tkazilishiga qaramasdan ob’yektda holat o‘zgarishsiz qolgani sababli «ovqat bozori»ning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Ob’yektda sanitariya holati yaxshilanib, mutaxassislar tomonidan talabga javob berishi to‘g‘risida xulosa berilmagunga qadar «ovqat bozori» ish faoliyatini davom ettirmaydi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring