Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘yliq bozorida mast fuqaro PPX xodimini «otvyortka» bilan jarohatladi

Qo‘yliq bozorida mast fuqaro PPX xodimini «otvyortka» bilan jarohatladi

Toshkent shahar Bektemir tumani hududida joylashgan Qo‘yliq dehqon bozorida mast fuqaro patrul-post xizmati xodimi X. I.ga tan jarohati yetkazdi.

Poytaxt IIBB bergan ma’lumotga ko‘ra, PPX xodimi 5-avgust kuni Qo‘yliq bozorida spirtli ichimlik iste’mol qilib mast holatda skuterda bozor bo‘ylab harakatlanayotgan fuqaroni to‘xtatgan.

Fuqaro esa patrul-post xizmati xodimining qonuniy talabiga agressiv munosabatda bo‘lib, yonida bo‘lgan otvertka bilan huquq-tartibot xodimining bel sohasiga urib voqea joyidan yashiringan.

Qo‘yliq bozori hududida jamoat tartibini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi voqeadan xabar topib, darhol ushbu shaxsni qo‘lga olish choralarini ko‘rgan va uni qurolsizlantirgan holda qo‘lga olgan. Fuqaro Bektemir tumanining 4-sonli ichki ishlar bo‘limiga olib borib topshirilgan.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs Samarqand viloyatida tug‘ilgan 47 yoshli fuqaro A. R. ekanligi, ilgari og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgani va 2016 yilda ozodlikka chiqqanligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu holat bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Fuqaro A. R. gumonlanuvchi sifatida protsessual tarzda hibsga olingan.

Jabrlangan xodim hozirda shifoxonada, shifokorlar uning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring