Qotil qo‘shnisining jasadini 6 yil kvartira devorida yashirib kelgan
Amerikaning Kaliforniya shtati fuqarosi qo‘shnisini o‘ldirib, uning jasadini olti yil kvartirasining devorida yashirib kelgan, deb xabar beradi «Lenta».
Los-Anjeles (AQSh) shahridan bo‘lgan Reyven Kempbell 2009-yilning iyunidan beri bedarak ketgandi. 2015-yil iyul oyida ayolning oilasiga anonim qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Telefon qilgan odam ayol o‘zi yashagan apartamentlar kompleksi devorida ko‘milgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Marhumning qarindoshlari huquq-tartibot organlariga murojaat qilishadi. Politsiya qidiruvchi itlar yordamida Kempbellning jasadini topishadi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shnilar bir necha yildan beri noxush hiddan shikoyat qilib kelishgan.
Qotillikda marhumning xonadondagi sobiq qo‘shnisi — 47 yoshli Rendolf Ye. Garbatt aybdor deb topilgan. Ayol to‘mtoq jarohat tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Aybdorning aytishicha, Garbatt uni o‘ldirish uchun bolg‘adan foydalangan. U 11 yil qamoq jazosiga mahkum etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter