Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda daladan jasad topildi

Jizzaxda daladan jasad topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanidagi daladan erkak kishining jasadi topilgani haqida videolavha tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur voqea Forish tumani Qorabdolota MFYda sodir bo‘lgan. Ushbu mahallada yashovchi A.P. hamqishlog‘i S.R. tomonidan tosh bilan urib yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring