Qo‘shtepa tumani hokimi lavozimidan ozod etildi
Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani kengashining navbatdan tashqari 51-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mehnat faxriylari, tuman faollari ishtirok etishdi.
Sessiyada Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev qatnashdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Kun tartibida asosiy masala bo‘yicha 2009-yildan beri tumanga rahbarlik qilib kelayotgan Jumanov Bahromjon Azimovich o‘z arizasiga ko‘ra lavozmidan ozod etilib, uning o‘rniga ayni paytgacha viloyat hokimining iqtisodiyot tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyat mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Novikov Ilyos Valeriyevich tayinlandi.
B.Jumanovning uzoq yillik faoliyati to‘g‘risida viloyat hokimi, deputatlar hamda tuman faollari ijobiy fikrlar bildirib o‘tishdi. Shu bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tilga olinib, bu boradagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi tayinlangan rahbar oldidagi muhim vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter