Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shnisinikiga o‘g‘rilikka tushgan ayollar qo‘lga olindi

Qo‘shnisinikiga o‘g‘rilikka tushgan ayollar qo‘lga olindi

Foto: «Yk24.ru»

Shu yil 16-iyun kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 08:00 dan soat 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma’lum shaxs darvoza eshigi qulfini buzib kirib, yotoqxonasidagi javon ichida bo‘lgan umumiy narxi 7.000.000 so‘mlik bir juft tilla baldog‘ini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan ayol va 2002-yilda tug‘ilgan ayol qo‘shnisi bilan sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 25-iyun kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring