Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorbobo qariyalar uyiga «ajal urug‘i»ni sochib ketdi

Qorbobo qariyalar uyiga «ajal urug‘i»ni sochib ketdi

Foto: «Sputniknews.com»

Joriy yil 14-dekabr kuni qorbobo qariyalar uyida bir qancha odamga koronavirus yuqtirgani haqida xabar bergandik.

Koronavirusga chalingan Santa-Klaus Belgiyadagi qariyalar uyiga tashrif buyurgandan so‘ng muassasadagi 18 nafar odam yangi turdagi infeksiya oqibatida kelib chiqqan asoratlar tufayli vafot etdi, deya xabar berdi «Daily Mail».

Gazetaning yozishicha, pansionat ma’muriyati qariyalar uyidagi bayramdan uch kun o‘tgach «sehrgar»ning kasalligidan boxabar bo‘lishgan. Ma’lumki, uning tashrifidan so‘ng 121 nafar qariya va 36 ta xodim kasallikka chalingan.

Vaziyatni sharhlar ekan, Belgiyaning yetakchi virusologlaridan biri bitta odamning shuncha odamga virusni yuqtirishiga shubha qilmoqda.

Uning fikriga ko‘ra, ommaviy kasallanishga binolarda shamollatish tizimining yomonligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi. Bundan tashqari, u pandemiya sharoitida yopiq joylarda gavjum odamlar davrasida katta bayram tadbirlarini o‘tkazishni qattiq qoralagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring