«Qorasini ko‘rsatmagan» «Equinox» masalasi ijobiy hal etildi
![«Qorasini ko‘rsatmagan» «Equinox» masalasi ijobiy hal etildi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_4169006889.jpg)
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi fuqaro Humoyun Asraboyev tomonidan murojaat kelib tushdi.
Qayd etilishicha, iste’molchi Uychi tumanida joylashgan «General motors» MChJ bilan joriy yilning 10 avgustida 450 000 000 so‘m evaziga «Equinox» avtomobilini xarid qilish uchun shartnoma imzolaydi.
Unga ko‘ra, mashina 30 sentyabr sanasida yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Biroq, oradan 3 oy o‘tsa hamki, avtomashina yetkazib berilmaganidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Murojaat o‘rganilishi natijasida, iste’molchi muammmosi o‘z vaqtida ijobiy hal qilinib, avtomashina yetkazib berilishiga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter