Toshkentda to‘rtta mashina to‘qnashdi, «Equinox» ag‘darildi
![Toshkentda to‘rtta mashina to‘qnashdi, «Equinox» ag‘darildi](https://static.xabaruz.com/crop/8/0/720_460_95_800709892.jpg)
Poytaxtda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil 14-noyabr kuni soat 21:10 larda Toshkent shahar, A.Temur ko‘chasi, TATU universiteti qarshisida:
1) haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi «Lada Vesta» rusumli;
2) haydovchi, 1993-yilda tug‘ilgan L.M. boshqaruvidagi «Equinox» rusumli;
3) haydovchi, 1998-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» rusumli;
4) yo‘l chetida to‘xtab turgan «Nexia» rusumli (haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va «Equinox» avtomobili ag‘darilgan.
Hodisa natijasida «Equinox» rusumli avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter