«Equinox» jarima maydonchasiga yo‘l oldi
Bank kreditlari aksar hollarda garov evaziga beriladi. Kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi.
Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 28.02.2023 yildagi «Aloqabank» AT Jizzax viloyati hududiy filiali foydasiga O.I.ning kredit qarzi undiruvini garov mulki hisoblangan «Equinox» rusumli avtomashinasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi byuroning Jizzax shahar bo‘limiga 01.03.2023 yilda kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga nusxalari yuborilgan.
Mazkur ijro ishi doirasida O.I. bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortib, o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinani xatlashdan yashirib kelgan.
Keyingi ijro harakatlarida qarzdorga ma’muriy jarima qo‘llanilib, ushbu avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
O‘tkazilgan qidiruv tadbirlarida mazkur «Equinox» rusumli avtomashinasi Jizzax shahrida ko‘p qavatli uylarning oldida yashirilganligi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter