Qoraqalpog‘istonda soliq mas’ullariga ish qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda tuman DSI mas’ul shaxslari 86 nafar fuqaroning jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i uchun to‘langan jami 119,7 mln so‘mlik soliq to‘lovlarini bank kassasiga kirim qilmasdan, ularga qalbaki cheklar takdim qilish orqali ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter