Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boshlanishida qiyin bo‘ldi, lekin...» — Qoraqalpog‘istonda «C++» o‘quv kurslari tashkil etildi (video)

«Boshlanishida qiyin bo‘ldi, lekin...» — Qoraqalpog‘istonda «C++» o‘quv kurslari tashkil etildi (video)

Foto: «Xabar.uz»

Mamlakatimiz AKT sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlarning salmog‘i kundan kunga kengayib bormoqda. Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi qabul qilingan darsliklarga zamonaviy dasturlash tillari ham kiritilgan. Shu bois, informatika fani o‘qituvchilarini qayta o‘qitish va malakasini oshirish zaruriyati paydo bo‘lgan.

Xalq ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonning 17 ta tumanida 15 nafardan, jami 255 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini «C++» dasturlash tili bo‘yicha malaka ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 144 soatlik o‘quv kurslari tashkil qilingan. O‘quv jarayonlarini tashkil qilishda «SmartGov» yaqindan yordam bermoqda.

«Xabar.uz» joylarda bo‘ldi va vaziyatni yaqindan o‘rgandi.

Nukus shahridagi 33-maktabda tashkil etilgan «C++» o‘quv kurslarida qatnashayotgan Indira Dauyeyeva ham o‘z tassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, AKT sohasidagi salmoqli o‘zgarishlarni e’tirof etdi. Yana bir o‘qituvchi Dilbar Xalqnazarova pedagog sifatida ko‘p narsalarni o‘rganganini e’tirof etdi.

«O‘qituvchilarimiz kundan kunga «C++» dasturlash tilini yanada yaxshi o‘zlashtirmoqdalar. Boshlanishida qiyin bo‘ldi, lekin hozir hammasi o‘z maromiga tushdi», — deydi Beruniy tumanidagi 35-IDUMda o‘quv kurslarini o‘qituvchilarga o‘rgatayotgan Mansur Ataxanov.

Barcha trenerlar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Turin politexnika universiteti, INHA universiteti kabi o‘quv dargohlarida o‘z bilim-ko‘nikmalarini oshirib kelishgan.

Loyihadan maktablardagi informatika fani o‘qituvchilarini zamonaviy dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish, informatika bo‘yicha fan olimpiadalari, jahon olimpiadalari ishtirokchilari va g‘oliblari ulushini oshirish, yoshlarga dasturlash bilimlarini yoshligidan o‘rgatish, sifatli bilimli berish kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «C++» yuqori darajadagi dasturlash tili bo‘lib, Byorn Straustrup tomonidan «C» tilining kengaytirilgan varianti sifatida yaratilgan. «C++» tili turli yo‘nalishdagi mahsulotlar yaralishida ahamiyatli va mashhur bo‘lgan, jumladan video o‘yinlar, desktop dasturlari, serverlar, turli aloqa vositalarini misol sifatida ko‘rish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring