O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida ilk bor sovrindor bo‘ldi
Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar bermoqda.
To‘rt nafar iqtidorli o‘zbekistonlik o‘quvchi Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etdi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi.
G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
Dilyorbek Valijonov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
Dilshodbek Xo‘jayev - Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 13 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter