O‘zbek yigit-qizlari xalqaro olimpiadadan tarixiy natija bilan qaytishdi
Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.
Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston) 680 nafar o‘quvchi (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi.
Olimpiadada 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza jami 14 ta medallarini qo‘lga kiritildi!
Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
Informatika:
Aslibek Sunnatov — Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi — oltin medal;
Husanboy Mansuraliyev — Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi —kumush medal;
Matematika:
Madina Suyunova —Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o‘quvchisi — oltin;
Asadbek Boboqulov —Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - kumush;
Begzod Xoshimjonov — Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi — kumush;
Behruzbek Elmurodov — Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal;
Maqsadbek Egamberdiyev — Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi— bronza medal;
Asilbek Abduqayumov —Toshkent shahar, Vestminster akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi— bronza medal;
Elbek Zohidjonov — Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi— bronza medal;
Farhod Ochilov —Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi— bronza medal;
Nurmuhammad Otamurodov — Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi— bronza medal;
Ozodbek Axtamov — Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi— bronza medal;
Azizbek Mamajanov — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal;
Ozodbek Orifjonov — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi, 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn formatda tashkil qilingan bo‘lib, unda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter