Qo‘qondagi portlashda bir kishi halok bo‘lgan – viloyat FVB
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar A.Navoiy mavzesida xonadonda gaz chaqnashi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati FVB Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 12-dekabr, dushunba kuni soat 15:24 da Qo‘qon shahar FVBga shaharning A.Navoiy mavzesidagi 101/13-uyda yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan D.N. yashash xonadonida gaz chaqnashi natijasida vafot etgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
FVB olib borgan o‘rganish davomida fuqaro D.N.ning xonadonidagi gazni tekshirib ko‘rish maqsadida gugurt chaqqan paytda gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan.
Natijada D.N. hodisa joyida vafot etgan. U bilan birga bo‘lgan ukasi fuqaro B.N. tanasining turli joylaridan kuyish jarohati bilan Qo‘qon shahar tibbiyot markaziga joylashtirilgan.
Mazkur xolat yuzasidan xozirda Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari orlib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter