Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qondagi korxonada ishchi bunker ostida halok bo‘ldi

Qo‘qondagi korxonada ishchi bunker ostida halok bo‘ldi

Joriy yilning 17-oktyabr kuni soat 11:10 da Farg‘ona viloyatida joylashgan «Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» AJda baxtsiz hodisa yuz berdi.

Qayd etilishicha, «Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» AJ hamda «Metall Universal 777» MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan korxona hududida, jumladan, qadoqlash sexida amalga oshirilayotgan qurilish montaj ishlari jarayonida, o‘g‘it qadoqlash uskunasi bunkeri ostida metall konstruksiya qismlarini o‘rnatish jarayonida, bunker tayanchlarini kesish  oqibatida bunker qulab tushgan.

Natijada, «Metall Universal 777» MChJ ishchisi qulab tushgan bunker ostida qolib, vafot etgan.

Hozirda dastlabki ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring