Qo‘qonda «Spark» va «Nexia» to‘qnashuvida har ikkala mashina yonib ketdi
![Qo‘qonda «Spark» va «Nexia» to‘qnashuvida har ikkala mashina yonib ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1257942434.jpg)
7-fevral kuni haydovchi 24 yoshli A.R., «Spark» rusumli avtomashinasida Qo‘qon shahridagi chorrahalardan birida o‘ziga nisbatan yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan 37 yoshli A.X.,ning boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan.
Natijada «Spark» avtomashinasining motor qismi «Nexia» avtomashinasining old qismiga urilgan, qisqa tutashuv hosil bo‘lishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Haydovchilar hech qanday tan jarohati olmagan hamda shifoxonaga murojaat qilmagan.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatiga ko‘ra, Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter