Qo‘qonda voyaga yetmagan bola 1000 dollar pul o‘g‘irlagani aniqlandi
Qo‘qon shahrida xonadondan 1 000 AQSh dollar pullarni o‘g‘irlagan voyaga yetmagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qo‘qon shahar Obod mahallasida yashovchi K.X IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 25 mart kunidan 26 mart kuniga qadar bo‘lgan bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida bo‘lgan 1 000 AQSh dollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan A.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter