Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda talaba qizlar yotoqxonasiga yashirin kamera o‘rnatganlar jazolandi

Qo‘qonda talaba qizlar yotoqxonasiga yashirin kamera o‘rnatganlar jazolandi

Joriy yilning aprel oyida Qo‘qon davlat pedagogika institutining talabalar yotoqxonasida yashovchi qizlar xonasiga kamera o‘rnatilgani holati kuzatilgan va bu jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lgan edi.

Oliy sud axborot xizmati mazkur holat yuzasidan aybdor tomonlarga sud hukmi o‘qilganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 5-maydagi qarori bilan Qo‘qon davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O. B. MJtKning 46-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) da ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga BHMning 15 baravari miqdorida ya’ni, 4,5 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, institutning ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari A. M., B. O. va bo‘lim boshlig‘i R. M. ham MJtKning 46-1-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning har biriga BHMning 10 baravari miqdorida ya’ni, 3 mln so‘mdan jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring