Qo‘qonda II Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi
«Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (430-son, 08.07.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yilda Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida «Men Qo‘qonga boraman» shiori ostida ikki bosqichdan iborat quyidagi ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etiladi:
- birinchi bosqich – tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 2022-yilning aprel oyida;
- ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 2022-yil iyunda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur festivalning o‘tkazilishi Prezidentning 2019-yil 3-oktyabrdagi PF–5841-son farmoni bilan belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter