Qo‘qonda 2 mln so‘mlik velosiped o‘g‘risi qo‘lga tushdi
Joriy yil 5-avgust kuni Qo‘qon shahrida yashovchi K.A. IIBga murojaat qilgan. O‘sha kuni soat 02:00 larda noma’lum shaxs Turkiston ko‘chasida ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida qarovsiz qoldirgan velosipedni o‘g‘irlab ketganini bildirgan. G‘oyib bo‘lgan ulovning narxi 2.000.000 ga baholangan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatlarni S.Yu. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fuqarolardan o‘z mol-mulkini, pul mablag‘larini ehtiyot qilish so‘raladi. Shunda o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter