Qo‘qon va Marg‘ilon kengaytiriladi, Farg‘ona yana «yashil shahar»ga aylanadi
Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari qo‘shni tumanlar hisobiga kengaytiriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
Amaldagi davlat rahbarining ta’kidlashicha, 600 gektardan ortiq hududda yirik uy-joy massivlari va sanoat zonalari tashkil qilinadi.
«Farg‘ona shahrida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy «Eko shahar» barpo etiladi. Bunda, 25 qavatgacha bo‘lgan uylar, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari, 70 gektar maydonda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i bunyod qilinadi.
Shu bilan birga, shaharda har yili 1 milliondan daraxt ekib, Farg‘onaning «yashil shahar» maqomini qayta tiklaymiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter