Qoplon vaksina ishlab chiqaruvchi korxona xodimiga hujum qildi (foto)
Hindistonning Maxarashtra shtati Puna shahrida qoplon tonggi badantarbiya mashqlarini bajarayotgan fuqaroga hujum qildi. Bu haqda Indian Express nashri xabar bermoqda.
Hodisa Hindistonning vaksina ishlab chiqaruvchi SII farmatsevtika kompaniyasi xodimi, 45 yoshli Sambhaji Baban Atol ko‘chada jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lganida sodir bo‘lgan. Yirtqich hayvon odamning orqasidan hamla qilgan. Biroq uning tanishi jonivorni haydab yuborishga muvaffaq bo‘lgan va hammani yordamga chaqirgan. Jabrlanuvchining chap oyog‘i, beli va ko‘kragida jarohat izlari qoldi.
Politsiya va o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining birgalikdagi operatsiyasi kechgacha davom etdi va, nihoyatda, qoplonni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Yirtqich hayvon yovvoyi tabiatni qutqarish markaziga yuborildi. Keyinroq uni xavfsiz joyga olib borib, qo‘yib yuborish rejalashtirilgan.
O‘rmon xo‘jaligi departamenti vakilining izohlashicha, SII kampusi ortida qamish shakar o‘sadigan dalalar bor. Aftidan, qoplon yo u yerdan, yo yaqin atrofdagi o‘rmondan kelib qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter