Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Voyaga yetmagan farzandi bor ota-onalarning xorijda ishlashini cheklash bo‘yicha parlamentga murojaat yo‘llandi

Voyaga yetmagan farzandi bor ota-onalarning xorijda ishlashini cheklash bo‘yicha parlamentga murojaat yo‘llandi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

23-26-mart kunlari umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Ilm-fan kelajak poydevori» shiori ostida «Qizlarjon» o‘quvchi-qizlar sammiti o‘tkazildi.

Sammitda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Narbayeva Tanzila Kamalovna, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oila ayollar masalalari komissiyasi a’zolari Qurbonov Abdurahim Eshonqulovich va  140 nafar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan o‘quvchi-qizlar ishtirok etishdi.

Sammit ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga o‘quvchi-qizlar voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ota-onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash bo‘yicha qonun qabul qilish bo‘yicha murojaat yo‘lladi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek sammit ishida «Yosh kitobxon» tanlovi g‘oliblari bo‘lgan tanlovi g‘oliblari kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovlarni nafaqat badiiy adabiyotlar bo‘yicha balki oilaga tayyorlov mundarijasidan o‘rin olgan kitoblar bo‘yicha o‘tkazishni taklif qildilar.

Sammit yakuniga ko‘ra endi barcha hududlarda «Qizlarjon» sammiti tashkil etilishi va qizlarning IT sohasi bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini mustahkamlab borish bo‘yicha Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan joylarda dasturchi qizlar uchun mahsus treninglar va klublar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va o‘quvchi-qizlarning xorijiy tillarda o‘z fikrlarini teran ifoda etishlari uchun «TED-ed» klublari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilab olindi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Sammit doirasida o‘quvchi-qizlar uchun Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnalogiyalari universitetining Samarqand filialii faoliyati bilan tanishishdi va 1 kun davomida oliy ta’lim muassasalarida erkin tinglovchi sifatida dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring