BRIKS sammiti qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

BRIKS kelgusi sammitini shu yilning 6-7-iyul kunlari Rio-de-Janeyroda o‘tkazadi, Braziliya TIV rahbari Mauro Viyeyra bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Braziliya 1-yanvardan buyon BRIKS raisi hisoblandi. Yozgi sammitda tashkilotning doimiy a’zolari yoki sheriklari maqomiga ega 20 mamlakatning rahbarlari qatnashadi.
Viyeyraning aytishicha, sammitda a’zo-mamlakatlar hamkorligini rivojlantirish va ularning aholisi turmushini yaxshilashga qaratilgan «juda muhim qarorlar» qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter