Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘ling bormi... demak, pul bor!

Qo‘ling bormi... demak, pul bor!

Turkman maqollari

Rasmiy nomlanishi – Turkmaniston Respublikasi. Markaziy Osiyoda joylashgan. Shimol va sharqda – O‘zbekiston, shimolda – Qozog‘iston, sharq va janubda – Afg‘oniston, janubda – Eron bilan chegaradosh. Turkmanistonning g‘arbiy qismi Kaspiy dengizi bilan tutashib ketgan.

Poytaxti – Ashxobod. Hududi – 491.200 km². Aholisi – 6 milliondan ziyod. Davlat tili – turkman.

Diniy e’tiqodi – islom. Pul birligi – manat.

* * *

Ko‘rdingmi – yashirma, ko‘rmadingmi – vaysama.

Suv oqadi, tosh qolur.

Yerga – suv, erkakka – shuhrat kerak.

Kulib gapiradigan erkaklardan qo‘rq, ko‘z yoshi to‘kib so‘zlovchi ayollardan qoch.

Kamchiliksiz do‘st izlasang – do‘stlarsiz qolasan.

Qo‘ling bormi, belkurak topiladi, demak, pul ishlasa bo‘ladi.

Shamolning oxiri – yomg‘ir, o‘yin intihosi – mushtlashuv.

O‘nta qo‘yning egasi bo‘lsang – sen haqsan.

Karvon teskari tomonga burilganida cho‘loq birinchi bo‘lib qoladi.

Yaxshi qiz kambag‘al xonadondan chiqadi.

Ko‘p yurgan ko‘p eshitur.

Kim sen bilan haq-huquq talashsa, u qarindoshing emas.

Maqtovdan eshak otga aylanmas.

Dushmanning tabassumiga ishonma.

Birinchi zarba kuchliroq.

Soch-soqolga oq oraladi, aql esa qo‘shilmadi.

Bilmaysanmi – biladiganga ishon.

Ko‘rga har qadam – chuqurlik.

Qo‘shni qachon erta yotib, kech turishni qo‘shnidan o‘rganadi.

Xotining yo‘qmi – yaqinlaring yo‘q.

Kuzatuvchi yo‘ldosh emas.

Mamlakatni uni yaxshi bilgan dushman parokanda qilur.

Qo‘rquv o‘limdan qutqara olmas.

Boyning uy-joyi bo‘ylab daryo, kambag‘alning go‘shasi bo‘ylab yo‘l o‘tadi.

O‘g‘rini o‘g‘rilash gunoh emas.

 «Dunyo xalqlari maqollari» kitobidan

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring