Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘ldan ikkinchi ekran sifatida foydalanadigan «aqlli» soat yaratildi

Qo‘ldan ikkinchi ekran sifatida foydalanadigan «aqlli» soat yaratildi

«Asu» modeli.

Foto: «Layfxaker»

Qo‘l yuzasiga ma’lumotlar tasvirini tushirgan holda undan foydalanish imkoniyatini beradigan noodatiy soat yaratildi, deb xabar berdi «Layfxaker».

«Aqlli» soatlarning kengaytmasi qanchalik yuqori bo‘lmasin, istalganicha ma’lumotlarni joylashtirishning imkoniyati yo‘q. Bu kabi muammoga «Haier» kompaniyasi MWC 2018 ko‘rgazmasida orginal yechim taqdim etdi. Kompaniya o‘zining «Asu» modelidagi soatiga mini-proyektorni joylashtirdi. Uning yordamida ma’lumotlar tasvirini qo‘lga uzatish mumkin.

«Asu» kvadrat displeyga ega bo‘lib, proyektor sabab biroz chapga surilgandek. U qo‘l yuzasiga 854 x 480 nuqtali tasvirni chiqarib beradi.

Soatlar foydalanuvchining turli xatti-harakatlarini tushunadi, bu orqali esa uning interfeysini boshqarish mumkin. Foydalanuvchi biror-bir elementni tanlashi uchun soat ekraniga shunchaki teginishning o‘zi kifoya. Shuningdek, proyektor soat ekraniga chizgan narsangiz suratingizni ham chiqarib beradi.

«Asu»ga 1 gigabayt tezkor xotira va LTE moduli o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida osongina qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va internetga ulanish mumkin. Fitnes-datchiklar qatoridan akselerometr, giroskop va pulsometr o‘rin olgan. Bundan tashqari ixtirochilar soatga musiqalarni yozib olish uchun GPS modulini ham o‘rnatgan.

Hozircha «Haier»ning narxi e’lon qilinmadi, biroq taxminlarga ko‘ra u 150 dollar atrofida bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring